MASLAXATLAR

Yuqorida aytib o’tilganidek, boy insonlar bir qator sifatlarga egalar. Bu sifatlarni xar birimiz o’zimizda shakllantirishimiz, rivojlantirishimiz mumkin. Bu sifatlarni ayrimlari sizda mavjud ham bo’lishi mumkin,ammo ikki-uchta foydali sifatlar bilan boyish qiyinroq. Sizni e’tiboringizga ushbu sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan maslaxatlarni taklif qilamiz. Ularni e’tibor bilan o’qib chiqing. Agar bu maslaxatlar sizga tanish tuyulsa, siz to’g’ri yo’ldasiz. Agar ular sizga notanish bo’lsa, ularni o’zingizni xayotingizda to’g’ri ishlatib ko’ring. Foyda bersa, bundan biz xursandmiz. Ushbu maslaxatlar ketma-ketligidan qatiy nazar ular sizni boylik sari etaklaydi. Maslaxatlarni “tanqid qismi”ga e’tibor bering. Biz bu qismni bekorga qo’llaganimiz yo’q. Bu qismda sizga nisbatan juda qattiq tanqidiy gaplar aytiladi. Agar bu qismdagi gaplar sizni xayotingiz tarziga mos tushsa, bu xatolaringizni tezda tuzatishga xarakat qiling. Tanqid-insonni rivojlantiradi. Sizga nisbatan tanqidiy fikrlar o’zingizga tashqaridan qarashingizga, xatoingizni to’g’ri tushunib etishingizga yordam beradi. Bu qismdagi gaplarga aslo xafa bo’lmang. Axir biz siz bilan jiddiy ishga kirishganimiz. Savollar bo’limi ham sizni maslaxatlarga to’g’ri yondoshishingiz, ularni tez xayotingizga kiritishingiz uchun tuzilgan. Savollar bo’limidagi xar bir savolga javob berishga xarakat qiling. Sizdan iltimosimiz shuki, bu savollarga vijdonan to’g’ri javob bering. O’zingizni aldamang. Javoblarni boshqa insonlarga ko’rsatish va ularni muxokamalariga qo’yishingiz shart emas. Siz bu savollarda o’zingizga to’g’ri xulosa chiqarishingiz uchun javob bering.

Birinchi maslaxat:Doim topgan pulingizni 10dan birini jamg’arib boring.

Bizning birinchi maslaxatimiz shu. Doim topgan pulingizni o’ndan bir qismini jamg’arib borishni odat qiling. Xar kim jamg’arilgan pullarni turli soxada ishlatishi mumkin bo’lgani uchun ham buni foydali tomonlari juda ko’p. Misol uchun: yangi biznes uchun boshlang’ich Continue reading

Do'stlaringizga tavsiya qiling

Share to Odnoklassniki
Share to Facebook
Share to Google Plus
Share to MyWorld
Posted in BOYLIK | Tagged , | Leave a comment

Kirish

Ushbu blogdagi fikrlar millionlab erkak va ayollarga, yoshu-qarilarga, boy va kambag’allarga iqtisodiy mustaqil bo’lishlari uchun asosiy qonun qoida bo’lgan. Bu blogdagi qonunlar juda ham sodda, foydali va eng asosiysi qo’llash uchun oson. Ular ko’plab yillar davomida turli insonlarga yordam bergan, sizga ham yordam beradi, agar ularni o’rganish bilan birga amaliy qo’llasangiz.

Biz shunday zamonda yashayapmizki, xozirda noldan boyib millioner bo’layotgan insonlar tarixga nisbatan ko’p. Xar yili millinerlar soni 15-20%ga ko’payadi. Ko’pgina (90%) millionerlar xech narsasi yo’q insonlar bo’lgan. Ular umrilari davomida 2-3 marta bankrot bo’lganlar  insonlar tashkil qiladi. Bunga sabab bankrot bo’lgandan keyin o’ziga foydali xulosa chiqarib olinadi. Millionlab insonlar qilgan ishni albatta siz ham qila olasiz. Dunyoda bir qonun juftligi bor. Bu sabablar va oqibatlar qonunidir. Unga ko’ra omad doim ko’p xollarda ayrim sabablarning oqibati xisoblanadi. Iqtisodiy omad esa ma’lum xarakatlarning oqibati hisoblanadi. Tabiat hammaga bir xildir. Agar siz tadbirkor insonlarni qilgan ishlarini qilsangiz va ularning xarakterlarini qaytarsangiz, siz albatta shu insonlar yurgan yo’lidan yurasiz va ular borgan joyga borasiz.

Sizga yana bir narsa aytishni xoxlardim. Xech kim sizdan zo’r va aqlli emas. Eng zo’ri va aqllisi sizsiz. Doim shuni tan olgan holda ish yuriting va xaqiqatda ham shu sodir bo’ladi.

Bu blogdagi hamma qonunga amal qilgandagina siz moliyaviy mustaqil bo’lishingiz mumkin. Qonunlardan xech bo’lmaganda bittasini qilishni hohlamasligingiz yoki erinishingiz sizning buyuk orzuingizni puchga chiqaradi.

Sizni yahshi bir sifatingizni aytaymi? Siz boy bo’lish uchun ilk qadamlarni qo’ydingiz. Endi bu qadamlar sonini ko’paytirishingiz va tezlashtirishingiz kerak. Bunda sizga bu blog yordam beradi. Hamma qonunlarni o’z xayotingizni bir qismiga aylantiring.

Maqolalarni o’qib boring!

Do'stlaringizga tavsiya qiling

Share to Odnoklassniki
Share to Facebook
Share to Google Plus
Share to MyWorld
Posted in BOYLIK | Tagged , , | Leave a comment